Yurtimizda qancha maktab o‘qituvchisi vaksina oldi?
Butun dunyoga tahdid solayotgan eng xavfli kasallik sanalgan koronavirusga qarshi eng samarali vosita vaksinadir.
Shuning uchun ham yurtimizda emlash jarayonlari olib borilmoqda. 7 oy avval boshlangan koronavirusga qarshi emlash jarayonlari davomida maktab o‘qituvchilarini emlash uchun 1 million 199 ming 635 doza vaksina qo‘llanildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun 514 ming 316 doza birinchi, 398 ming 503 doza ikkinchi, 286 ming 816 doza uchinchi bosqichda qo‘llanilgan vaksinalardir.
Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan maktab o‘qituvchilarining 74,6 foizi virusga qarshi turli bosqichlarda emlanib bo‘ldi. Umumta’lim sohasi vakillari orasida to‘liq emlangan fuqarolar salmog‘i 45,4 foizga yetdi.
Fayzullo Yahyoyev, O‘zA