Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati Shofirkon tumanida ayni shu shior ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda tuman boshqaruv idoralari, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, kasaba uyushmasi faollari va faxriylar qatnashdi.
Tadbir doirasida “Liderlar” va “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmasi” jamoalari o‘rtasida bellashuv tashkil etildi. To‘rt shart asosida tashkil etilgan bu musobaqada jamoalar a’zolari o‘z hozirjavobligi, iste’dodi va sahnadagi chiqishlari bilan o‘z bilim va mahoratini namoyish etdi.
Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan tadbirda “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmasi” jamoasi g‘olib deb topildi.
[gallery-20308]
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA