Yurgen Klopp Turkiyaning muvaffaqiyatsizligiga izoh berdi
Ular g‘alaba haqida shunchalik o‘ylashdiki, hujum va himoya o‘rtasidagi muvozanatni yo‘qotib qo‘yishdi.
Taniqli germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp JCH–2026da guruh bosqichidayoq musobaqani tark etgan Turkiya milliy terma jamoasi haqida fikr bildirdi.
Kloppning ta’kidlashicha, turk futbolchilari g‘alaba qozonishni juda istashgan, biroq kuchli bosim ostida o‘z o‘yinlarini namoyish eta olishmagan.— Turkiyalik do‘stlarim ko‘p va ularning hozirgi hafsalasi pir bo‘lganini yaxshi tushunaman. Futbolchilar g‘alabani juda xohlashdi, buni o‘yinni ko‘rgan har bir inson sezdi. Ammo bosim juda katta edi. Ular g‘alaba haqida shunchalik o‘ylashdiki, hujum va himoya o‘rtasidagi muvozanatni yo‘qotib qo‘yishdi. Natijada o‘z uslublaridan chetga chiqishdi va maydonda o‘zlari bo‘la olishmadi, — dedi Klopp.
Turkiya terma jamoasi guruh bosqichida Avstraliya milliy terma jamoasiga 0:2 va Paragvay milliy terma jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, muddatidan avval pley-off yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.