Yuqori harorat faqat bizdami?
Bu yil harorat bilan bog‘liq yozgi anomal ob-havo nafaqat Markaziy Osiyo yoki Yevropada, balki Uzoq Sharq mintaqasida ham kuzatilmoqda. Jahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, bu yil G‘arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika, Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning ko‘plab hududlarida o‘rtacha darajadan ancha issiq havo kuzatilyapti.
G‘arbiy va Janubi-g‘arbiy Yevropada harorat iyun oyidagi ba’zi hududlarda oylik rekordni yangiladi. Bu yil oraliq davri bo‘yicha ham istisno hisoblanadi. Zero, issiqlik to‘lqini odatda yozning eng jazirama qismida sodir bo‘ladi. Kuni kecha Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash idorasi mavsum boshidan buyon 630 dan ko‘p odam otashdan aziyat chekib, shifokorga murojaat qilgani haqida yozdi.

“Yonhap” agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, hukumat tegishli statistik ma’lumotni yurita boshlagan: 15 iyundan buyon yuqori harorat bilan bog‘liq xastalikka chalingan 633 kishidan 5 nafari vafot etgan. Masalan, Kasalliklar nazorati va profilaktikasi agentligi birgina chorshanba kuni 100 kishi tibbiy yordamga murojaat qilganiga urg‘u bergan.
Bemorlarning 82,9 foizi simptomni ochiq havoda his etgan. Okeanga tutash mamlakatlarda yuqori harorat insonlarni ancha qiynab qo‘yadi.
Ayni payt mamlakatning aksariyat hududlarida jazirama issiqdan ogohlantirish e’lon qilingan. Kyongido viloyatida havo 35 darajagacha isimoqda.
S.Rahimov, O‘zA