Yulchiyev Davronbek Gulamovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Xorazm viloyatining sug‘oriladigan maydonlari sho‘rlanish darajasini tezkor baholash uslubini takomillashtirish” mavzusida
Yulchiyev Davronbek Gulamovichning 06.01.02 – “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” ixtisosligi bo‘yicha “Xorazm viloyatining sug‘oriladigan maydonlari sho‘rlanish darajasini tezkor baholash uslubini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 28 fevral kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100000, Toshkent shahar, Qori Niyoziy ko‘chasi 39-uy. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Tel.: (99871) 237-09-71
e-mail: admin@tiiame.uz