“Yuksaliş”dan ijtimoiy loyiha
Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi Sarikul mahallasida yangi suv inşooti foydalanişga topşirildi va 1000 nafarga yaqin aholi toza içimlik suvi bilan taʼminlandi.
“Yuksaliş” umummilliy harakatining “Hayot ulaş” loyihasi doirasida amalga oşirilgan uşbu ezgu taşabbus tadbirkor yordamida hayotga tatbiq etildi. Mahallada 270 metr çuqurlikda quduq qazilib, yangi suv minorasi örnatildi va aholi xonadonlariga 1,5 kilometr suv tarmoği tortildi.
Yangi inşootni foydalanişga topşiriş marosimida iştirok etgan taşkilotçilar va mahalla faollari mazkur ijtimoiy loyiha hududdagi aholini yillar davomida qiynab kelgan muammoga yeçim bölganini taʼkidladilar.
– Xalqimizda “Suv keltirgan – aziz” degan gap bor, – deydi tadbirkor Doston Aslanov. – Biz ham ana şu hikmat mohiyatini anglagan holda “Yuksaliş” harakatining “Hayot ulaş” loyihasida iştirok etişga qaror qildik. Bu ezgu iş tufayli Sarikuldagi 120 dan ortiq xonadon toza içimlik suvi bilan taʼminlandi. Mahalla ahlining xursandligi va minnatdorligidan ruhlanib, bundan buyon ham bu kabi loyihalarda faol qatnaşişga ahd qildik.

Maʼlumotlarga köra, şu paytgaça “Yuksaliş” umummilliy harakatining uşbu loyihasi asosida respublikamizdagi 20 mingdan ortiq aholi toza içimlik suvi bilan taʼminlandi. Jumladan, joriy yilda Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi mahallalarning birida loyiha asosida yangi suv inşooti foydalanişga topşirilgan edi.
Ğ.Hasanov,
ÖzA muxbiri