Yuksak vatanparvarlik bayrami (+video)
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida keng nishonlanmoqda.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti boshlang‘ich tashkiloti faol talabalari tomonidan mazkur oliy ta’lim muassasasida bayram tadbiri tashkil etildi. Professor-o‘qituvchilar, harbiylar hamda faxriy jangchilar ishtirokida o‘tgan tadbirda universitet qoshidagi “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiylarining chiqishlari, talaba-yoshlarning sahna ko‘rinishlari, ular tomonidan ijro etilgan she’rlar va kuy-qo‘shiqlar barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.
- Yurtimiz ertangi kuni bo‘lgan yoshlarimiz qalbiga vatanparvarlik, jasorat va mardlik kabi axloqiy sifatlarni ikki karra ko‘proq singdirish bugungi kunning dolzarb vazifasi, - deydi universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor B. Mardonov. - Bunda biz, shubhasiz, katta hayotiy tajribaga ega, tinchlik qadrini yuksak darajada anglaydigan ulug‘ yoshdagi insonlar, olimlar, adiblar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylarimiz va harbiy xizmatchilarga tayanamiz. Universitetda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida o‘tkazilayotgan tadbirlarning bosh maqsadi ham shundan iborat.
[gallery-21247]
Xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan bunday tadbirlar tuman va shaharlarda davom etmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/W72CNw0JImQ" title="Yuksak vatanparvarlik bayrami" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Siroj ASLONOV (surat), O‘zA