Yoshlarni ish bilan ta’minlash – eng muhim vazifa
Buxoro viloyati Romitan tumani hokimi Xurshid Toxirov “Yoshlar daftari” ro‘yxatida bo‘lgan 20 nafar yoshlarga o‘zini-o‘zi band qilishi uchun subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinalari berdi.
Tumandagi “Yoshlar daftari” platformasiga jami 1 ming 407 nafar yoshlar kiritilgan. bugungi kunda 1 ming 295 nafar yoshlarning muammolari hal etilib, mazkur daftardan chiqarilgan.
Ayni kunda “Yoshlar daftari”da 112 nafar yoshlar bo‘lib, ularni ham hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun yangi loyihalar ustida ish olib borilmoqda.


Zarif Komilov, O‘zA