Yoshlarimiz Dubay turniridagi ishtirokini boshlaydi
Bugun 23 mart kuni Temur Kapadze boshchiligidagi futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoamiz BAAning Dubay shahrida tashkil etilayotgan xalqaro musobaqadagi ishtirokini boshlaydi. Dastlabki turda vakillarimiz Saudiya Arabistoni yoshlariga qarshi maydonga chiqishadi.
“Dubai Cup” turnirida ishtirokchi jamoalar aylana tizimida o‘zaro bahs olib borishadi. Yoshlarimiz ikkinchi turni 26 mart kuni BAAga qarshi o‘tkazsa, uchinchi turdagi raqib dastlabki o‘yinlardan so‘ng jamoalarning ochkolaridan kelib chiqib ma’lum bo‘ladi.
Musobaqada quyidagi jamoalar ishtirok etmoqda: BAA, O‘zbekiston, Xorvatiya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Tailand, Qatar, Vetnam, Iroq.
O‘zA