Yoshlar uchun motivatsion ko‘rgazma
Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 4 bosqich talabalarining “Qora nur“ nomli grafika ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmadan talabalarning eng sara ijodiy ishlari joy oldi.


Jumladan, Ernazar Kenjayev, Ibrohim Nuriddinov, Abdulaziz Ortiqmirzayev, Anora Mehmonova, Abbos Allaberganov, Hasan Azimjonov, Murodjon Jumayev, Shoxruh Nurmamatov, Jo‘rabek Jonibekov, Visolaxon Tolipxonova, Sitora Islomova, Laylo Bo‘tayeva, Aziza Xodjatayeva hamda Charos Urolovalarning ko‘plab ustoz rassomlar tomonidan e’tirof etilgan ijod namunalari namoyish etildi.


Qayd etilganidek, mazkur ko‘rgazma yosh ijodkorlarning qobiliyatini keng namoyish etishga va ularning yetuk rassomlar bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Bu yoshlar uchun chinakam motivatsion ko‘rgazma hisoblanadi.
Tadbir so‘ngida eng yaxshi ijodiy ish muallifiga diplom va sertifikatlar topshirildi.

Ko‘rgazma joriy yilning 6 apreligacha davom etadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA