Yoshlar tashabbusi yangi marralar sari yoʻl ochadi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 5 ta muhim tashabbus doirasida “Yoshlar tashabbusi” nomli madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 5 ta muhim tashabbus doirasida “Yoshlar tashabbusi” nomli madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Videoanjuman shaklida oʻtkazilgan tadbirda soʻzga chiqqan institut rektori Nodirbek Sayfullayev talabalarni Yoshlar kuni bilan tabriklab, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan yuksak eʼtibor hamda gʻamxoʻrlik natijasi oʻlaroq, bugungi kunda yoshlarimiz koʻplab yutuqlarga erishayotganini eʼtirof etdi, institut talabalarini ham mana shu eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan unumli foydalanib, oʻz kasbining yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishga chorladi.

Tadbirda institut talaba-yoshlarining karantin davrida ijodini yana-da qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan “Uyda qol, ijod qil” onlayn koʻrik-tanlovi gʻolib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Talabalar amaliy ishlari haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. Ustozlariga minnatdorlik bildirdi.
Festival doirasida “Yosh kitobxon” respublika tanlovi gʻolibi Shohsanam Xolboyeva, “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Ahror Xushvaqtov bilan ochiq muloqot, taniqli va yosh tadbirkor, “Atlas Home” brendi asoschisi Nargiza Alimjonova ishtirokida talabalar uchun biznes-trening ham tashkil etildi.