Yoşlar örtasidagi jahon çempionatida terma jamoamizning dastlabki medali oltin böldi
Toşkentda dzyudo böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionati boşlandi.
Poytaxtimizdagi «Olimpiya şaharçasi»da ötayotgan musobaqani yengil vazn toifalaridagi dzyudoçilar boşlab berdi.
Çempionatning ilk kunida yigitlar 60 va 66 kilogrammgaça, qizlar esa 48, 52 va 57 kilogrammgaça vazn toifalarida ğoliblik uçun kuraşdi. Bellaşuvlarda terma jamoamiz şarafini 12 nafar sportçi himoya qildi.
Muhammadjon Maşaripov 60 kilogrammgaça vazn toifasida Xitoy, Möğuliston, Braziliya va Tojikiston vakillaridan ustun kelib, finalga yöl oldi.
[gallery-32619]
Oltin medal uçun bellaşuvda hamyurtimiz kattalar örtasidagi Gran-pri turniri sovrindori, AQŞ vakili Jonatan Yangni mağlub etdi. Şu tariqa Muhammadjon Maşaripov yoşlar örtasida jahon çempioni böldi.
Muhammad AMIN (surat), ÖzA