Yoshlar “Olimpiya cho‘qqilari”ida bellashdi
Nukus shahrida Olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida sportning karate WKF turi bo‘yicha “Olimpiya cho‘qqilari” O‘zbekiston chempionati musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahridan 100 nafarga yaqin sportchi qatnashdi.
Umumjamoa hisobida Qashqadaryo viloyati jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Surxondaryo viloyati jamoasi 2-o‘rin, Xorazm viloyati jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
[gallery-1783]
Maqsad HABIBULLAEV(surat), O‘zA