Yoshlar muzey eksponatlari bilan tanishdi
FOTOREPORTAJ
Guliston davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi 2019-yildan buyon faoliyat yuritib, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, tarixiy haqiqatni tiklash va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
Muzey 3 ta zal, 7 ta bo‘lim va 55 ta ekspozitsiyadan iborat bo‘lib, unda Turkistonning bosib olinishi, jadidchilik harakati, kollektivlashtirish siyosati, 1937–1938-yillardagi siyosiy qatag‘onlar, “Paxta ishi” davri hamda mustaqillik yillarida tarixiy adolatni tiklash jarayonlariga oid materiallar jamlangan.
Tarix ixlosmandlari eksponatlar bilan tanishish maqsadida bu yerga tez-tez tashrif buyuradi. Guliston davlat universiteti talabalari hamda bir guruh maktab o‘quvchilari ham shu maqsadda bu yerda bo‘ldi. Tashrif davomida yoshlar muzeyning yangilangan ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, xalqimiz tarixidagi eng og‘ir va sinovli davrlar haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Yoshlarga muzey ekspozitsiyalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, 1937-1938-yillardagi siyosiy qatag‘onlar, jadid ma’rifatparvarlarining hayoti va faoliyati, xalq ozodligi va haqiqat yo‘lidagi kurashlari yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
[gallery-29337]
Muzey direktori O‘g‘iloy Erbo‘tayeva xamda muzey xodimlari qatag‘on qurbonlari hayoti, ularning jasorati va fidokorligi haqidagi ma’lumotlar yosh avlodda vatanparvarlik, adolatparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Shuningdek, muzeyda arxiv hujjatlarini to‘plash, elektron katalog yaratish, qatag‘on davriga oid noyob manbalarni o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha ilmiy-ma’rifiy ishlar muntazam olib borilmoqda.
Umid OBIDJONOV (surat), O‘zA