Yoshlar muammolari hal etildi
Poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Sergeli tumanining tashabbuskor va muammoli yoshlari uchun ochiq muloqot tashkil etildi.
Ma’lumki, mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni barcha vazirlik, idora va hokimliklarda «Yoshlar kuni» etib belgilangan. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan dolzarb taklif va tashabbuslarini ilgari surdi. Bu esa ularning jamiyat hayotidagi faolligi va islohotlarga befarq emasligini yana bir bor namoyon etdi.

Xususan, uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarining tadbirkorlik g‘oyalari va tashabbuslarini taqdim etdi. Shuningdek, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy qarorlar qabul qilindi.


Natijada muloqot davomida 4 nafar yoshga banklar tomonidan imtiyozli kredit ajratilishi belgilandi. 1 nafar yoshning startap loyihasi amaliyotga joriy etiladi hamda yana 1 nafar yoshning avtomaktabda haydovchilik guvohnomasini olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladigan bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA