“Yoshlar kuni”da yoshlar to‘yi bo‘lib o‘tdi
30 iyun – Yoshlar kuni
Guliston shahridagi “Zomin” to‘yxonasida viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash va Madaniyat boshqarmalari hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oila farzandlarining nikoh to‘yi hamda 10 nafar bolajonning xatna to‘yi o‘tkazildi.

Nikoh to‘yida ishtirok etgan Sirdaryo viloyati hokimi, senator G‘ofurjon Mirzayev bugungi qutlug‘ sanada nikoh to‘ylari nishonlanayotgan 3 juft yoshni tabriklab, ularga o‘z sovg‘asini topshirdi.

Xatna to‘y nishonlanayotgan jajji bolajonlarga velosipedlar sovg‘a qilindi.
Kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Shuhrat Suyarov, Furqat Toshmatov(surat), O‘zA