Yoshlar kasb-hunar egallamoqda
Nukus kommunal va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejiga joriy o‘quv yilida 467 nafar o‘quvchi qabul qilindi.
Nukus kommunal va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejiga joriy o‘quv yilida 467 nafar o‘quvchi qabul qilindi.Neft va gaz quduqlarini sinash texnigi, suv va gaz ta’minoti, kanalizatsiya tizimlarini ta’mirlash va ishlatish ustasi, kadastr ishi inspektori, komputer tizimlarini ta’mirlash va sozlash texnigi, tikuv va trikotaj buyumlari texnik-texnologi yo‘nalishlari mutaxassislari tayyorlanayotgan kollejda ta’lim jarayonini ilg‘or pedagogik andoza asosida tashkil etish uchun barcha sharoit yaratilgan. Fan va sport yo‘nalishida 30 ga yaqin to‘garak ishlab turibdi. O‘quv mashg‘ulotlari amaliyot bilan uyg‘un olib boriladi.