Yoshlar kasb-hunar egallamoqda
Andijon qurilish va tansport kasb-hunar kollejida umumqurilish ishlari, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, transportda tashishni tashkil etish va harakatni boshqarish, liboslar modelyer-konstruktori kabi yo‘nalishlarda kichik mutaxassislar tayyorlanadi.
Andijon qurilish va tansport kasb-hunar kollejida umumqurilish ishlari, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, transportda tashishni tashkil etish va harakatni boshqarish, liboslar modelyer-konstruktori kabi yo‘nalishlarda kichik mutaxassislar tayyorlanadi.Bir mingdan ziyod o‘quvchi tahsil olayotgan maskanda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni ilg‘or ta’lim andozalariga muvofiq tashkil etish uchun barcha sharoit yaratilgan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, darslik va adabiyotlar, elektron qo‘llanmalarga ega axborot-resurs markazi o‘quvchilar xizmatida.
“Andijonmash” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Andijon mexanika zavodi hamda hududdagi turdosh korxonalar bilan bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.