Yoshlar bilan gavjum maskan
Namangan viloyati Mingbuloq tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli bolalar va o‘smirlar sport maktabi ayni ta’til kunlari yanada gavjumlashgan.
Namangan viloyati Mingbuloq tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli bolalar va o‘smirlar sport maktabi ayni ta’til kunlari yanada gavjumlashgan.700 dan ziyod yoshni o‘z bag‘riga olgan majmuaning futbol, voleybol, boks, badiiy gimnastika, stol tennisi, belbog‘li kurash kabi sport seksiyalarida mashg‘ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha sharoit yaratilgan.
Dilafro‘z Shaxobova va Musabat Qo‘shmonova murabbiyligidagi badiiy gimnastika to‘garaklarida 40 ga yaqin qizlar sportning nafis turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Ular orasida turli nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan qizlar ko‘p.