Yosh tennischimiz xalqaro turnir g‘olibi
Tojikistonning Dushanbe shahrida tennis bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan J30 musobaqasida hamyurtimiz Elnura Boltaboyeva juftlik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Tennischi qizimiz juftliklar orasida qozog‘istonlik Alua Marat bilan tandemda dastlab turkmanistonlik Ilina Guseynova hamda eronlik Hana Shabanrourni, chorak finalda neytral tennischilar Kristina Kamolova va Milana Xarlamovani, yarim finalda esa boshqa bir neytral maqomdagi tennischilar Milana Miliachenko va Aleksandra Talinani mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqdi.
Elnura va Alua dueti so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida qozog‘istonlik Safina Safiulina va neytral tennischi Viktoriya Yegorova bilan bahs olib bordi va 7:6, 6:3 hisobida g‘alaba qozongan holda musobaqa g‘olibiga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA