Yosh tadbirkorning xazinasi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi Nodirjon Saidjonov o‘z tadbirkorlik faoliyatini parrandachilikni yo‘lga qo‘yishdan boshlagan ishbilarmon yoshlardan.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi Nodirjon Saidjonov o‘z tadbirkorlik faoliyatini parrandachilikni yo‘lga qo‘yishdan boshlagan ishbilarmon yoshlardan.
–“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan yosh tadbirkorlarga biznes tashabbuslarni amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilayotganini eshitib, anchadan buyon o‘ylab yurgan loyihani ro‘yobga chiqarishga kirishdim, — deydi u. – Moliyaviy ko‘mak so‘rab, jamg‘armaning shahar bo‘limi mas’ullariga murojaat qildim. Menga 450 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olishimda yordam ko‘rsatishdi. Bu pulga o‘z sarmoyamizni qo‘shib, sanoat usulida tovuq boqish uchun zarur sharoitlar hozirlab, 5 ta yangi ish o‘rni yaratdik. Ta’minotchi korxonalardan tuxum yo‘nalishidagi zotdor jo‘jalar xarid qildik. Ayni kunda tovuqlar to‘liq tuxumga kirdi. 15 ming parrandadan kuniga 13 mingdan ortiq tuxum olyapmiz. Mahsulot ichki bozorga yetkazib berilyapti. Bu bir kunda 8 million so‘mga yaqin mablag‘ degani. Uning yarmidan ko‘prog‘i tovuq uchun ozuqa va boshqa xarajatlar uchun ketganda ham, foyda 4 million so‘m atrofida bo‘ladi.