Yosh stol tennischilarimiz Sankt-Peterburgda
Bugun, 1 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Kometa” universal sport majmuasida stol tennisi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 22-xalqaro turnirning asosiy bahslariga start berildi.
Mazkur xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasining 10 nafar a’zosi ishtirok etmoqda.
Kecha xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimi hamda ilk saralash bahslari bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz kichik raketka ustalaridan Diyorbek Dilshodov, Azamatxon Nasirov, Timur Nurmanov, Alixon Kamalov, Raxmatillo Abdurashidov, Asel Yerkebayeva, Arujan Kamalova, Diyora Tashpo‘latova, Dilyora Davletova va Samira Qodirova saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tarzda asosiy bellashuvlarga kirishish ostonasida turibdi.
Xalqaro turnir bahslari 4 dekabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA