Yosh shaxmatchilarimiz Ispaniyada jahon chempionatida qatnashmoqda
Ispaniyada shaxmat bo‘yicha 7, 9, 11, 13, 15 va 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik yosh “aql gimnastikasi" sohiblari munosib o‘yin namoyish etmoqda.
O‘rta yer dengizi hududida joylashgan Roketas-de-Mar shahrida o‘tayotgan jahon chempionati bahslarida 82 ta davlatning 721 nafar yosh shaxmatchisi qatnashmoqda.
Dunyo birinchiligining ortda qolgan 4-tur o‘yinlaridan keyin O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Fazliddin Farhodov 3,5 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 4-o‘rinni egallab turibdi.

Musobaqaning 9 yoshgacha bo‘lganlar bahsida Akbar Mustafaqulov 4 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirayotgan vaziyatda, 13 yoshlilar orasida hamyurtimiz Ibrohim Jumanazarov 3 ochko bilan kuchli o‘nlikni band etib turibdi.

Jahon chempionatining qizlar musobaqasida Malika Ikromova 7 ochko jamg‘arib, 6-qatorda, 9 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Husnoraxon Xusniddinova 3 ochko bilan, 13 yoshgacha bo‘lganlar orasida Lazizabonu Komiljonova 3,5 ochko bilan 2-o‘rinlarda harakatlanmoqda.

Bugun, 16-oktabr kuni jahon chempionatining 5 va 6-tur o‘yinlari tashkil etiladi. Ertaga ishtirokchilar uchun dam olish kuni sifatida belgilangan.
11 ta turdan iborat jahon chempionati musobaqalari 21-oktabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA