Yosh shaxmatchilar bellashuvi
Namanganda “Kamolot” shaxmat taxtasi” turnirining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Namanganda “Kamolot” shaxmat taxtasi” turnirining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan turnirda uning tuman va shahar bosqichlaridan saralangan 6-19 yoshli 109 nafar havaskor shaxmatchi o‘zaro bahslashdi.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan 10 ishtirokchi turnirning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.