Yosh shaxmatchilar bellashdi
Xorazm viloyati Bogʻot tumanida “Yoshlar shaxmat taxtasi“ respublika ochiq turnirining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Xorazm viloyati Bogʻot tumanida “Yoshlar shaxmat taxtasi“ respublika ochiq turnirining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda quyi bosqichlardan saralangan 145 dan ortiq oʻquvchi ishtirok etdi.
Anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan aql gimnastikasi turniri shaxmatni yoshlar oʻrtasida yana-da ommalashtirish, havaskor va yosh shaxmatchilar malakasini oshirish, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga koʻmaklashish maqsadiga qaratilgan.
6 yosh toifasida bellashgan ishtirokchilarning 12 nafari musobaqaning viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi. Gʻolib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.