"Yosh saylovchi - 2021" forumi Sirdaryoda!
Yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini boyitish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yosh saylovchi - 2021" forumining navbatdagi manzili Sirdaryo viloyati bo‘ldi.
Forumning asosiy tadbirlari Guliston shahridagi istiroxat bog‘ida bo‘lib o‘tdi va loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, Yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” televizion o‘yini va "O‘zbekiston uchun 100 g‘oya" loyihasi o‘tkazildi.




Sirdaryoda yosh saylovchilariga saylov jarayoni haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Sh.Suyarov, F.Toshmatov (surat), O‘zA