Yosh polvonlar mamlakat kubogida kuch sinashmoqda
Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanidagi Bolalar-o‘smirlar sport maktabida belbog‘li kurash bo‘yicha 2003-2004 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogiga start berildi.
O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi hamda mamlakatimiz belbog‘li kurash federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 300 nafarga yaqin yosh polvon g‘oliblik uchun kurashmoqda. Musobaqaning tantanali ochilishida Bog‘dod tumani hokimi Vosiljon Nazarov va boshqalar yosh polvonlarni qutlab, ularga omad tiladi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu mamlakat kubogida o‘g‘il bolalar belbog‘li kurashning erkin va klassik yo‘nalishlarining 11 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo‘nalishda 7 ta vaznda g‘oliblik uchun bahslashmoqda.


Javohir Toshxo‘jayev O‘zA