Yosh parlamentariylar birinchi forumi qanday yakunlandi?
Joriy yil 15-16-may kunlari poytaxt Toshkent muhim xalqaro forumga mezbonlik qildi. Tarixda ilk bor, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti va Qirg‘iz Respublikasi Yosh parlamentariylari birinchi forumi tashkil etildi.
Ta’kidlash joiz, bugun O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi mazmun bilan boyimoqda. Keyingi yillarda ikki davlat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi va ochiq muloqoti natijasida yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va strategik sheriklik aloqalari izchil rivojlanib, amaliy natijalar bermoqda.
Forum Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi hamda Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi. Unda ikki mamlakat parlamentlari vakillari, yosh deputatlar, Yoshlar parlamenti a’zolari, ekspertlar va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Anjumanning asosiy e’tibori yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda parlament diplomatiyasining o‘rni, qonun ijodkorligi jarayonlarida yoshlar ishtirokini kengaytirish, innovatsiya, ta’lim, ekologiya va raqamli texnologiyalar sohasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalariga qaratildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/CaOB8ir0kEE" title=" Yosh parlamentariylar birinchi forumi qanday yakunlandi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, O‘zA