Yosh og‘ir atletikachilar mamlakat chempionatida bellashmoqda
Chirchiq shahrida o‘smirlar o‘rtasida (U15) og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 300 nafardan ortiq yosh polvonlar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Musobaqaning ilk kunida 33 kg. vazndagi qiz bolalar bahsida ikkikurash natijasiga ko‘ra Soliha Bahodirova – 78 kg. natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Uning ortidan Shahnoza Turdialiyeva 77 kg. natija ko‘rsatib kumush, Mahliyo Jumanazarova esa 68 kg. natija bilan bronza medaliga ega chiqdi.
Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Shodiyona Ahmadjonova, Shahzoda Abdumutalova, Hamdamboy Do‘lanov, Oybek Abdulhakimov va Jonibek Xudoyberdiyev kabi yosh og‘ir atletikachilar shohsupaga ko‘tarildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA