“Yosh kitobxon”lar bilim va salohiyatini namoyon etdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – Yoshlar ziyo maskani”da “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, mutolaa orqali tafakkurni boyitish hamda bilimli avlodni tarbiyalashning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Tanlov shartlariga muvofiq ishtirokchilar o‘z bilim va savodxonlik darajasini sinovdan o‘tkazdilar. Ular o‘qilgan asarlar yuzasidan badiiy tafakkur, tahliliy yondashuv va fikrlash qobiliyatini namoyon etdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, 10–14 yosh toifasida Chortoq tumanidan Abdulaziz Sobirov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 15–19 yosh toifasida chustlik E’zoza Mansurova birinchi o‘rinni egalladi. 20–30 yosh toifasida esa Pop tumanidan Dilafro‘z To‘ychiyeva eng yuqori natijani qayd etdi.
[gallery-28916]
G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA