“Yosh kitobxon oila” g‘oliblari aniqlandi
Navoiy shahridagi Yoshlar markazida yosh oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, har bir oila a’zosini kitob mutolaasiga keng jalb etish, o‘zaro mehr-oqibat, odob-axloq fazilatlarini rivojlantirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Yosh kitobxon oila” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Navoiy viloyatida joriy yilda mazkur tanlovga ishtirok etish istagini bildirib, ro‘yxatdan o‘tgan oilalar soni 4200 tani tashkil etib, ular dastlabki bosqichlarda ishtirok etdi. Tuman va shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan yosh oilalar esa viloyat bosqichida o‘z bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi.
Murosasiz kechgan kitobxonlik bahsida 3-o‘rinni Qiziltepa tumanidan Rizoqulovlar oilasi, 2-o‘rinni Navoiy shahridan qatnashgan Ismoilovlar oilasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Xatirchi tumanidan qatnashgan Pardayevlar oilasi 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
[gallery-25680]
G‘olib va sovrindor oilalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA