Yosh futbolchilarimiz nimchorak finalda
Yangi Zelandiyada davom etayotgan yigirma yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi nimchorak final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Yangi Zelandiyada davom etayotgan yigirma yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi nimchorak final bosqichiga yo‘llanma oldi.Musobaqaning “F” guruhida ishtirok etgan yosh futbolchilarimiz guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvda Fiji terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Qizg‘in kechgan bahsning 62-daqiqasida Eldor Shomurodov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tib Zabixilla O‘rinboyev raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda futbolchilarimiz raqib darvozasiga yana bitta to‘p kiritdi. Mirjamol Qosimov mualliflik qilgan gol terma jamoamizga 3:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Ravshan Haydarov shogirdlari 11-iyun kuni nimchorak final uchrashuvida Avstriya yoshlar terma jamoasiga qarshi to‘p suradi.