Yosh fermerlarimiz Yaponiyada
Joriy yilning 24 oktyabridan 4 dekabriga qadar Yaponiyaning Xokaydo shahrida bir guruh yosh fermerlar “Agrar sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish“ mavzusida oʻtkaziladigan oʻquv-seminarda ishtirok etadi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, MDH, xususan, Markaziy Osiyodagi fermerlar uchun tashkil etilayotgan oʻquv-seminarda xalqaro mutaxassislar tomonidan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarni rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati, mahsulot eksporti, tashqi bozor bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish singari mavzularda taqdimotlar oʻtkaziladi.
Mazkur oʻquv-seminar joriy yilda uchinchi bor tashkil qilinmoqda. Unda reja boʻyicha Surxondaryo va Toshkent viloyatining yosh fermerlari qatnashmoqda.
Loyiha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va Oʻzbekiston yosh fermerlari kengashi oʻrtasidagi kelishuvga asosan amalga oshirilmoqda.