Yosh bokschilarimiz Qozog‘istonda
Ayni kunlarda 11 nafar iqtidorli yosh bokschilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Qozog‘istonning Aksay shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etmoqda, deyiladi O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabarida.
Xabarda keltirilishcha, xalqaro turnir 2006-2007 yillarda tavallud topgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Musobaqalarni boshqarib borayotgan hakamlar ro‘yxatida hamyurtimiz tajribali referi Maruf Urdushev qayd etilgan.
Musobaqalar joriy yilning 17 oktyabriga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA