Yoqubboyev eronlik, Madaminov ozarbayjonlik shaxmatchi bilan kuch sinashmoqda
Shu kunlarda poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ishtirokida ikkita xalqaro shaxmat uchrashuvi o‘tkazilmoqda.
Mahoratli shaxmatchimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev eronlik grossmeyster Amin Tabatabayei bilan, Muhiddin Madaminov esa ozarbayjonlik grossmeyster Aydin Suleymanli bilan kuch sinashmoqda.

46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi sanalgan mazkur o‘yinlarning umumiy mukofot jamg‘armasi 20 ming AQSH dollardan iborat etib belgilangan.
Mazkur o‘yinlarda g‘oliblikka erishgan ishtirokchi 12 ming AQSH dollari, mag‘lub ishtirokchi esa 8 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
O‘yinlar 7-sentabrga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA