Yo‘l yanada keng va ravon bo‘ladi
Prezidentimiz rahnamoligida transport infratuzilmasi tizimlarini yaxshilash, yangi yo‘llar barpo etish va mavjudlarini xalqaro andozalar darajasida rekonstruksiya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz rahnamoligida transport infratuzilmasi tizimlarini yaxshilash, yangi yo‘llar barpo etish va mavjudlarini xalqaro andozalar darajasida rekonstruksiya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Buni Qamchiq dovonidan o‘tuvchi Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘li misolida ham ko‘rish mumkin. Ayni kunlarda mazkur yo‘lning 58 kilometr qismida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Yo‘lsozlar milliy avtomagistralning ushbu uchastkasida yo‘lni olti polosali etib kengaytirish hamda mustahkam qoplama yotqizish ishlarini bajarmoqda. Mavjud ko‘priklar, yo‘l chetlaridagi inshootlarni ham ta’mirlash ko‘zda tutilgan.