“Yil o‘qituvchisi” mukofoti - yuksak e’tirof (video)
“Kelajak bunyodkori” loyihasining bu galgi qahramoni “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi - Mahbuba Elmurodova.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2026-yilda ilk bor yangi formatda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak e’tirofi va pedagoglarga ko‘rsatilgan munosib rag‘bat namunasi bo‘ldi.
Mazkur nufuzli tanlov o‘qituvchilik kasbining obro‘sini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va fidoyi ustozlarni moddiy hamda ma’naviy qo‘llab-quvvatlashda yangi davrni boshlab berdi.
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA