Yil nomiga kim qanday taklif berdi? (+video)
So‘rovnoma
Yana bir yilimiz yakuniga yetmoqda. Ma’lumki, mamlakatimizda har yil oxirida kelgusi yil uchun nom berish yaxshi an’anaga aylangan. O‘tgan yil 20 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilishni taklif etgandi. Umuman, davlatimiz rahbari yil nomiga, eng avvalo, O‘zbekiston fuqarolari haq-huquqi, sha’ni, manfaatini ko‘zlab, davlat strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib e’tibor qaratadi.
Fursatdan foydalanib, O‘zA “2024 yilga qanday nom berilishini istagan bo‘lardingiz va nima uchun?” savoli bilan turli soha vakillari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
Masalan, taniqli futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov “She’riyat yili”, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiat resurslari vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev “Konstitutsiyaga amal qilish va qonun ustuvorligi yili” bo‘lishi tarafdori ekanini ma’lum qildi.
So‘rovnomada oliy toifali suxandon Farhod Bobojonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev, O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, aktrisa Dilnoza Kubayeva kabi el tanigan insonlar ham fikr bildirdi.
Ayni mavzuda tayyorlangan video lavhani O‘zAning barcha ijtimoiy tarmoq sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.
O‘zbekiston barchamizniki. Sizning ham fikringiz qiziq! Xo‘sh, yangi yilga qanday nom bergan bo‘lardingiz?
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/EL8UTg8LFCs" title="Yil nomiga kim qanday taklif berdi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA muxbirlari Marhabo Madaminova,
Behruz Xudoyberdiyev va Asliddin Alijonov (video) tayyorladi.