Yevropaning eng yirik AI markazlaridan biri Finlyandiyada quriladi
“Nebius” kompaniyasi Finlyandiyaning Lappeyenranta shahrida 310 MVt quvvatga ega yangi Sun’iy intellekt uchun energiya ishlab chiqarish markazi qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar tarqatdi.
Mazkur loyiha korxonaning 2026-yil oxiriga qadar shartnoma asosida 3 GVt dan ziyod quvvatga erishish strategiyasining bir qismidir. Ilgari Myantsyalya ma’lumot markazini 75 MVtgacha kengaytirgan “Nebius” shu tariqa mintaqadagi ishtirokini kuchaytirishda davom etyapti.
YeMEA – Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqasida kompaniya allaqachon 750 MVt quvvatga chiqib oldi. Shuningdek, Fransiyada 240 MVtli markaz barpo etyapti. Navbatdagi maskan esa SIni o‘qitish va ishlatish uchun eng so‘nggi “Nvidia” yechimidan foydalanadi.
Majmua qurilishi jarayonida 700 gacha, ishga tushirilgandan so‘ng esa taxminan 100 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.
Barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bu tashabbus kam uglerodli energiya, suv sarfisiz suyuq sovutish, chiqindi va isitish xarajatini kamaytirish uchun issiqlikni qayta tiklash tizimi yordamida amalga oshiriladi.
AI texnologiyasi sohasida faoliyat olib borayotgan “Nebius Group” kompaniyasi “Yandex N.V” asosida 2024-yil iyul oyida asosiy biznesini Rossiya xususiy investorlari konsorsiumiga sotgandan so‘ng tashkil etilgan. Jamoa to‘rt startapni saqlab qolgan: “Nebius”, “Toloka”, “Avride”, “TripleTen” va Finlyandiyadagi ma’lumot markazi.
S.Rahimov, O‘zA