Yevropada gaz narxi deyarli besh foizga oshadi
Seshanba kungi savdolar ochilishida Yevropada gazning birja narxlari 3 foizga oshib, har ming kub metr uchun 3000 dollarga yaqinlashmoqda, deya xabar beradi London ICE birjasi.
Seshanba kungi savdolarda eng yaqin fyucherslar (Yevropaning eng yirik TTF markazi indeksi bo‘yicha) 2984,9 dollar (+4,3%) darajasida ochildi. Moskva vaqti bilan soat 9:18 holatiga ko‘ra, narxlar 3,2 foizga o‘sib, ming kub metr uchun 2954 dollarni tashkil qilmoqda. Kotirovkalar dinamikasi avvalgi kundagi hisob-kitob narxiga asoslanadi - 2 861,6 dollar, bu 1996 yildan beri Yevropadagi gaz tugunlari faoliyatining butun tarixi uchun rekord bo‘ldi.
Juma kuni “Gazprom” Portovaya kompressor stansiyasidagi yagona ishlaydigan gaz nasos agregatiga rejali texnik xizmat ko‘rsatish munosabati bilan “Shimoliy oqim” orqali gaz tashish 31 avgustdan 2 sentyabrga qadar to‘xtatilishini ma’lum qildi. Sentyabr oyida gaz yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomalari bu xabardan so‘ng, juma kuni kechqurun deyarli 8% ga ko‘tarilib, ming kubometr uchun 2700 dollardan oshdi.
Mutaxassislar narxlarning oshishini bir qancha omillar bilan izohladilar. Masalan, Osiyoda davlatlarida suyultirilgan gazga talabning yuqoriligi, yirik yetkazib beruvchilar tomonidan cheklangan ta’minot va uzoq sovuq qish va issiq yozdan keyin Yevropa yerosti omborlarida to‘ldirish darajasi pastligi.
O‘zA