Yevropa klublari Kongo DR terma jamoasidagi vaziyatdan norozi
Ish allaqachon FIFA tartib-intizom qo‘mitasiga topshirilgan.
Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi Jahon chempionati saralashining pley-off bosqichida Yamaykani mag‘lub etib mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Jamoa 52-yil ichida ilk bor ushbu yirik turnirda ishtirok etadi. Shu sababdan mamlakatda dam olish kunlari e’lon qilindi va futbolchilar rasmiy tadbirlarda ishtirok eta boshladi. Biroq FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchilar terma jamoaning o‘yinidan so‘ng 48 soat ichida klub qarorgohiga yetib borishi kerak. Fransiyaning "Lill" klubi futbolchisi Shansel Mbemba klub ixtiyoriga yetib bormagan va navbatdagi o‘yinda jamoaga yordam bera olmadi. Klub rahbariyati esa bunga quyidagicha izoh berdi: "Ish allaqachon FIFA tartib-intizom qo‘mitasiga topshirilgan. Chunki biz futbolchilarga maosh to‘laymiz va bu narsani talab qilishga haqqimiz bor", - deyiladi izohda.
Bunday norozilik bildirgan klublar orasida "Espanyol", "Betis", "Elche" va "Kastelyon" klublari ham bor.