Yettita oliygohimiz 17 ta fan bo‘yicha nufuzli xalqaro reytinglarga kirdi
Oliy ta’lim imkoniyatlarining kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 mingga yetdi. Yettita oliygohimiz 17 ta fan bo‘yicha nufuzli xalqaro reytinglarga kirdi. Universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berildi.
Shu bilan birga, Prezidentimiz rektorlar oldiga keskin savol qo‘ydi:
“Oliygohdagi darsliklarning mazmuni bugungi kun talabiga qanchalik mos?”.
Davlatimiz rahbari bu savolga hozircha ijobiy javob yo‘qligini ta’kidladi.
Yigirma ikkita muhandislik oliygohi birlashib, mualliflar jamoalarini tuzishi, xorijlik hamkorlar bilan ishlashi, har yili 25-30 ta yangi o‘quv adabiyotini yaratishi yoki ilg‘or kitoblarni tarjima qilib, moslashtirishi mumkin.
Transplantologiya, robot xirurgiyasi, kam invaziv jarrohlik va biomuhandislik jadal rivojlanmoqda. O‘n bitta tibbiyot oliygohi ham shu yo‘nalishlar uchun zamonaviy adabiyotlar tayyorlashni kechiktirmasligi kerak. Oliygohlar ta’lim sifati va mutaxassislar malakasida hali keskin o‘zgarishi zarur.
O‘zA