Yer silkinishi va uning kelib chiqish sabablari
Yer silkinishi haqida gap ketganda har bir inson o‘zi va yaqinlarini himoya qilish yo‘llari haqida o‘ylaydi.
Davr taraqqiyoti sabab shaharlar, hatto qishloq joylarida ham ko‘p qavatli binolar qurilmoqda. Bu avvalo insonlarda yer silkinganda xavotirni uyg‘otishi mumkin. Chunki, bundan rosa 55 yil oldin poytaxtliklar Toshkent shahrida ro‘y bergan mudhish zilzilani hali unutgani yo‘q.

Ma’lumki, o‘tgan yillar mobaynida dunyoning bir qator davlatlarida kuchli yer silkinishlari kuzatildi. Ko‘plab vayronagarchiliklar yuzaga kelib, minglab qurbonlar berildi. Ular tinch aholida katta tashvish uyg‘otdi, albatta. Shu bois, yaqin yillar ichida ham bunday tabiiy ofatlar ro‘y berishi mumkinmi, degan savol barchani qiziqtiradi.
O‘zA sayti orqali “Mutaxassis fikri” rukni ostida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Seymologiya institutining laboratoriya mudiri, akademik Qahhorboy Abdullabekov tomonidan ayni mavzudagi muhim savollarga javoblarni berib boramiz.
Saytimizni kuzatib boring.
O‘zA