Yer – dehqonning xazinasi (+video)
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 5 apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishsiz yoshlarga ajratilayotgan 15 sotixli yer maydonidan bir yilda 2-3 martagacha hosil olish mumkin.
Jizzaxlik yoshlarimiz ham bu ishlarga faol kirishib, allaqachon ilk hosilni yig‘ish arafasida turibdi.
Xususan, birdamlikda ish boshlagan jizzaxlik yoshlar ayni kunlarda o‘ziga ajratilgan yerlarga bulg‘or qalampiri ko‘chatlarini ekishdi. Nega birdamlikda deysizmi? Sababi Sharof Rashidov tumani Umar mahallasidagi yer olgan yoshlar ushbu ko‘chatlarni hashar yo‘li bilan yetishtirgan.
Asosiysi, ikki oylik mehnat davomida hosilga kirishi kutilayotgan ushbu mahsulotning xaridorlari ham tayyor. Faqatgina yerga mehr va mehnat kuchli bo‘lsa bas!
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rNlPJsjderg" title="Yer – dehqonning xazinasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Yer olib, ekin ekkan yoshlar bilan tashkil etilgan intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning "You Tube" sahifasida ko‘rishingiz mumkin.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA