YeOTB rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida Yevroosiyo taraqqiyot banki Boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida YeOTBning moliyaviy va investitsiyaviy mahsulot hamda xizmatlar keng ko‘lamini taqdim etuvchi universal xalqaro moliya institutlaridan biri sifatidagi salohiyati alohida ta’kidlandi.

Bank tomonidan O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish, infratuzilmani yaratish va modernizatsiya qilish, shuningdek, chegara oldi savdosini kengaytirish loyihalari moliyalashtirilishini nazarda tutgan holda, O‘zbekiston va YeOTB o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqboli muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida qayd etilgan yo‘nalishlar doirasida aniq loyihalar ishlab chiqish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi hamda YeOTB ekspertlarining O‘zbekistonga tashrifi jadvali kelishib olindi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
matbuot xizmati