Yengil atletikachilarimiz shohsupa to‘rida
Turkiyaning Kunya shahrida bo‘lib o‘tayotgan Islom birdamligi o‘yinlarida Safina Sa’dullayeva hamda Svetlana Ralzivilsh shohsupaga ko‘tarildi.
Yengil atletikaning balandlikka sakrash bahslarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan ikki nafar atletimiz bildirilgan ishonchni oqladi. Safina mazkur yo‘nalishda 1.97 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, bir qator yirik musobaqalar g‘olibi Svetlana Radzivil 1.87 metr balandlikni zabt etib, musobaqaning kumush medali bilan taqdirlandi.
O‘zA