Yengil atletikachilarimiz – g‘olib
Respublika olimpiya zaxiralari kollejida yengil atletika bo‘yicha o‘n to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Respublika olimpiya zaxiralari kollejida yengil atletika bo‘yicha o‘n to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston sportchilari o‘z mahoratini namoyish etdi.
Turnirning yadro uloqtirish bahsida hamyurtlarimizdan Farhod Suyunov, Artyom Davletov, qizlardan Farida Hakimova, Vera Kavalkova shohsupaga ko‘tarildi.
Musobaqaning turli masofalarga yugurish bahslarida Jaloliddin Hamroqulov, Ma’ruf Mirodullayev, Erkin Qarshiboyev, Valeriya Pak, Malika Maqsudova, Zulfizar Abdullayeva, Nurxon Muhiddinova, Meyram Tojiboyevaning mahorati hakamlar tomonidan yuqori baholandi.
Uzunlikka sakrashda Temur Husnulin, Ivan Denisov, Viktoriya Dirdina g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari birinchi, qozog‘istonlik sportchilar ikkinchi, tojikistonlik atletlar uchinchi o‘rinni egalladi.