Yengil atletika: Sharifa Davronova jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi
Xalqaro yengil atletika federatsiyasi (World Athletics) Polshaning Kuyaviya-Pomorze shahrida bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi yopiq inshootlardagi jahon chempionati ishtirokchilari ro‘yxatini e’lon qildi.
E’tiborli jihati, hamyurtimiz Sharifa Davronova 14.05 metr natija bilan yuqori ko‘rsatkich bo‘yicha saralanganlar qatorida umumiy ro‘yxatda o‘ninchi bo‘lib e’tirof etildi.
Aytish lozim, mahoratli sportchimiz Sh.Davronova joriy yilning 7-fevralida Xitoyning Tianjin shahrida yopiq inshootda 14.05 metrlik ko‘rsatkich bilan Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, World Athletics tomonidan o‘tkaziladigan jahon chempionati joriy yilning 20—22-mart kunlari tashkil etiladi. Chempionat dasturiga binoan Sharifa Davronova qatnashadigan ayollar o‘rtasidagi uch hatlab sakrash bahslari 21-mart kuni o‘tkaziladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA