YeIning o‘n bir mamlakati tashqi siyosat qarorlariga veto huquqi bekor qilinish tarafdori
“Euronews” tarqatgan xabarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi tarkibidagi Avstriya, Daniya, Belgiya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Ruminiya, Ispaniya va Shvetsiya tashqi siyosat bo‘yicha qaror chiqarishda yakdillikdan malakali ko‘pchilik ovoz berishga o‘tish imkoniyatini o‘rganishga chaqirmoqda.
Amaldagi qoidaga ko‘ra, YeI xalqaro kun tartibi qat’iy ravishda bir xil ovoz berish orqali muvofiqlashtiriladi. Bu holat muayyan mamlakatga istalgan payt boshqa 26 a’zo tashabbusini to‘sib qo‘yish imkonini beradi.
Bu tizim Orbanning 16 yillik boshqaruvi davrida muntazam ravishda takrorlangan. Aprel oyida hokimiyatdan ketishdan oldin Vengriya sobiq Bosh vaziri “muntazam ravishda imtiyoz va shaxsiy manfaat yo‘lida qarorga veto qo‘yish orqali hamkasblarini g‘azablantirgan. 2026-yil u YeI rahbarlari tomonidan kelishilgan Ukraina uchun 90 milliard yevro kreditni ma’qullamay, inqiroz keltirib chiqargan.
Ta’kidlanishicha, yakdillikdan malakali ko‘pchilik ovoz berish usuliga o‘tish uchun ham barcha a’zolarning mutlaq roziligi talab qilinadi.
S.Rahimov, O‘zA