YeIga qo‘shilish oson emas. “G20” sammitiga ham borilmaydi...
Rossiya-Ukraina
AQSH Ukraina inqirozida to‘liq javobgar, deb fikr bildirdi Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel.
YouTube-kanalidagi "Mesa redonda" axborot-tahliliy dasturiga suhbatda “Mojaroni yaratgan Qo‘shma Shtatlar, deb bilaman. Vashington atayin ziddiyatni keltirib chiqarib, “tomonlarga qurol sotib, ichki muammosini hal qilyapti”, deb bayonot berdi davlat rahbari.
“The Washington Post”ning xabariga ko‘ra, Pentagon maxfiy hujjatlarining Internetga sizdirishida gumonlanayotgan Jek Daglas Teysheyra Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi jangovor harakatlarni “depressiv”, deb hisoblashini aytdi.
Ammo gumondor har ikki mojarochi tomonni ham qo‘llamasligini aytgan.
Maxfiy hujjatlarning oshkor etilishi Kiyevning aksilhujum rejalariga ta’sir ko‘rsatmaydi, deb “ABC” telekanaliga intervyu berdi Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov.
MAGATE ekspertlari haligacha Zaporoje AES atrofida otishmalar bo‘layotganini qayd etishmoqda, dedi tashkilot bosh direktori Rafael Grossi.
“Bu ancha xavotir va tashvish uyg‘otmoqda”, dedi u.
Germaniya hukumati Ukrainaga sovet davrida ishlab chiqilgan qiruvchi samolyotlarni Ukrainaga yetkazib berishga ruxsat berdi.
“Der Spiegel” nashrining ma’lumot berishicha, bu uchoqlar sobiq Germaniya Demokratik Respublikasi tomonidan Varshavaga berilgan edi.
Ukraina mojarosi tomonlari tinchlik muzokaralar o‘tkazish uchun sharoit yaratishlari lozim, bundan boshqa yo‘l yo‘q. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan Samarqandda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tgan.
Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi uchun qisqa yo‘l yo‘q, deb bayonot berdi
Yevrokomissiyaning kengaytirish va qo‘shnilar siyosati bo‘yicha bosh direktorlar kengashi rahbari Gert Yan Kopman.
“Kiyevning YeIga integratsiyasi bo‘yicha muzokaralar boshlashi uchun dastlab qator shartlarni bajarmog‘i lozim. Eng avvalo, korrupsiya bilan kurash va qonun ustuvorligini ta’minlashi zarur”
Ukraina aksilhujum to‘g‘risida barcha ma’lumotlarni AQSHga aytmaydi. Bu haqda “Politico” gazetasiga Ukraina Qurolli kuchlari ismini ochiqlamaslikni istagan qo‘mondoni aytgan.
Gazetaning ta’kidlashicha, Ukraina rasmiylari maxfiy hujjatlarning sizdirilishidan xayratga tushmoqda.
Buyuk Britaniya yaqin haftalarda Ukrainaga uchinchi qutqaruvchi “Sea King” vertolyotini yuboradi, deb xabar berdi “Bi-bi-si” o‘z manbalariga tayanib.
Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li “Habertürk” telekanaliga bergan intervyusida “Turkiya NATOga a’zo-davlatlar ichida na Ukrainani, na Rossiya tarafini olmayotgan yagona mamlakatdir”, deb bayonot berdi.
AQSHning Ukraina mojarosiga tortayotgan Vengriya hukumati bosimini qaytarmoqda, u mazkur masalada o‘zining tinchlikparvar siyosatidan voz kechmaydi. Bu haqda respublika tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi.
Hindiston 9-10 sentyabr kunlari Dehlida bo‘lib o‘tadigan “G20” sammitiga taklif etilganlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritmadi. Bu haqda TIV rasmiy vakili Arindam Bagchi
“Ukraina avvaldan mazkur “yigirmalik” yig‘ilishiga taklif etilishi ko‘zda tutilmagan edi”, deb qo‘shimcha qildi.
Abror XON, O‘zA